Amerikaning Alabama shtatida burunsiz go`dak dunyoga keldi. Bunday holat har 197 million bolaning bittasida uchraydi.
Tug`ilishi bilan bola og`zi orqali normal holatda nafas ola boshladi, biroq shifokorlar uning yanada yaxshi nafas olishi uchun traxeotomiya muolajasini o`tkazishdi.
Ayni vaqtgacha ushbu chaqaloq internet nashrlarida mashxur bo`lib ulgurdi. Unga yordam sifatida odamlardan 5000 AQSh dollari miqdoridagi hayriya pullari yig`ildi. Bu pullar bolakayning boshqalar kabi ulg`ayishi uchun o`tkaziladigan jarrohlik amaliyotlari uchun sarf etiladi.