AsosiyDunyo

Qozog`istonda 4 oylik chaqaloq koronavirusga chalindi

'Qozog`istonda 4 oylik chaqaloq koronavirusga chalindi'ning rasmi

Koronavirus aniqlangan 28 kishi orasida 4 oylik go`dak ham bor, dedi brifingda Qozog`istonning Nursulton shahri sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Saule Kisikova.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`istonda 53 ta koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 16 martdan beri mamlakatda favqulodda vaziyat tartibi joriy etilgan. Nursulton va Olmaota shaharlarida 19 martdan buyon karantin davom etmoqda.

«18 yoshgacha – 2 ta: bitta 4 oylik go`dak va 14 yoshli o`smir, 18 yoshdan 29 yoshgacha – 3 kishi, 30 yoshdan 49 yoshgacha – 18 kishi, 50 yoshdan 59 yoshgacha – 4 kishi, 60 yoshdan oshgan – 1 kishi (yangi virusni yuqtirgan – tahr.)», – deydi Kisikova.

«Xabar.uz»ning yozishicha, ikkita katta va bitta 4 oylik go`dakdan iborat oila 9 — 20 mart kunlari epidemiologik vaziyat murakkab bo`lgan mamlakat – Fransiyada dam olib qaytishgan.

Boshqa yangiliklar