AsosiyJamiyat

Nima uchun maktab direktori va o`rinbosarlari karantin paytida ham faoliyatini davom ettirishi kerak?

'Nima uchun maktab direktori va o`rinbosarlari karantin paytida ham faoliyatini davom ettirishi kerak?'ning rasmi

AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Dilshod Kenjaev bilan onlayn brifing bo`lib o`tdi.  

Brifing "UzReport" telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatildi. Unda tomoshabinlar o`zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Savol: Nima uchun direktor, uning o`rinbosarlari va yana bir guruh xodimlar karantin paytida ham faoliyatini davom ettirishi kerak?

Javob: O`quvchilar uchun qo`shimcha e`lon qilingan ta`til davrida masofadan turib o`quv jarayonini tashkil etish hamda ta`lim muassasa va tashkilotlarning bino va inshootlarini samarali saqlash ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek etim va ota-onasi qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni tarbiya jarayonini tashkil etish maqsadida o`z faoliyatini ish joyida amalga oshiradigan rahbar va xodimlar ro`yxati tasdiqlandi.  

Ya`ni, maktab va maktab internatlarda direktor, o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari, ma`naviy-ma`rifiy ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari, xo`jalik ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari (yoki xo`jalik ishlari mudiri) , psixolog, yoshlar etakchisi, farrosh (hovli supuruvchi), ishchi, qorovul.

Masalan, hozirgi kunda joylarda SES xodimlari bilan birgalikda ta`lim muassasalarimizda tozalash dizenfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

@koronavirusinfouz

#vahimasizkarantin

#karantinbezpaniki

Boshqa yangiliklar