Ikkinchi Jahon urushi haqida hikoya qiluvchi «Ilhaq» filmining suratga olish ishlari yakunlandi

Madaniyat 22.03.2020, 22:20
Ikkinchi Jahon urushi haqida hikoya qiluvchi «Ilhaq» filmining suratga olish ishlari yakunlandi

Rejissyor Jahongir Ahmedovning Ikkinchi Jahon urushi haqida hikoya qiluvchi «Ilhaq» filmining suratga olish ishlari yakunlandi. Bu haqda rejissyor instagramdagi sahifasida ma`lum qildi.

"Ilhaq" filmining murakkab jang sahnalari Belarusda suratga olindi.

Rejissyorning aytishicha, filmda yigirmaga yaqin Belarus kino aktyorlari suratga tushgan. Ular orasida Gennadiy Churikov, Dmitriy Mashko, Viktor Bogushevich, Lolita Taborko, Alla Poplavskaya kabi taniqli aktyor va aktrisalar bor.

Ma`lumot uchun, «Ilhaq» Toshkent viloyatining Zangiota tumani, Xonobod qishlog`idan bo`lgan Zulfiya aya Zokirova hamda uning Ikkinchi Jahon urushi janggohlaridan qaytmagan farzandlari — Isoqjon, Ahmadjon, Muhammadjon, Vahobjon va Yusufjon, shuningdek, front ortidagi mashaqqatli mehnatlarni o`z elkasiga olgan to`rt kelini taqdiri xususida hikoya qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1