1

Toshkentdagi "2-avtobus saroyi" raisi katta miqdordagi pulni o`zlashtirganligi aniqlandi

Jamiyat 04.04.2015, 11:33
Toshkentdagi "2-avtobus saroyi" raisi katta miqdordagi pulni o`zlashtirganligi aniqlandi

Poytaxtimizdagi "2-avtobus saroyi" ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi ushbu korxonaga rahbarlik qilgan davrda jamiyat hisob raqamidagi mablag`larni shaxsiy manfaati yo`lida o`zlashtirib, talon-taroj qilib yuborgan. Bu haqda uz24.uz nashri "Huquq" gazetasi ma`lumotlari asosida xabar bermoqda.

U 2010 yilning 18 martidan 9 noyabriga qadar jamiyat ehtiyojlari uchun turli mahsulotlar xarid qilish maqsadida "Admiks" MChJ, "Broni maksimum servis" MChJ, "Gaz vork grup" MChJ kabi o`ndan ortiq MChJlar bilan soxta shartnomalar tuzib, ularning hisob raqamiga korxonaning 1 mlrd. 459 mln. 171 ming so`mdan ortiq mablag`ini o`tkazib beradi. Amalda esa pul o`tkazib berilgan ushbu jamiyatlardan "2-avtobus saroyi" OAJga hech narsa olib kelinmaydi. Turli tovar-moddiy boyliklar etkazib berilganligi haqida esa "imi-jimi"da rasmiylashtirib qo`yiladi. Hisob raqamlarga o`tkazilgan pullar esa naqdlashtiriladi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Hamza tuman sudi ishni atroflicha ko`rib chiqib, sobiq raisga tegishli jazo tayinladi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1