AsosiyJamiyat

“Maxsustrans”ning 574 ta chiqindi yig`ish maydonlari va 435 ta maxsus texnikalari kunlik ravishda dezinfeksiya qilinmoqda (Fotoreportaj)

Ma`lumki, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida karant...

'“Maxsustrans”ning 574 ta chiqindi yig`ish maydonlari va 435 ta maxsus texnikalari kunlik ravishda dezinfeksiya qilinmoqda (Fotoreportaj)'ning rasmi

Ma`lumki, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida karantin e`lon qilinganligi va bunga ko`ra barcha davlat va jamoat joylarida sanitar-gigienik qoidalarga amal qilish choralari amalga oshirilmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda “Maxsustrans” IChB Davlat unitar korxonasi Sanitariya epidemiologiya stansiyalari bilan shartnoma imzoladi. Unga ko`ra, mavjud barcha avtokorxona filiallari, servislar, avtokolonnalar, 574 ta chiqindi yig`ish maydonlari, 435 ta maxsus texnikalar doimiy ravishda dezinfeksiya kilinyapti.

Bugungi kunda “Maxsustrans” DUK barcha ishga chiqishi zarur bo`lgan xodimlari maxsus dezinfeksiya qilingan avtobuslarda tashilib, ularga doimiy ravishda tibbiy niqoblar tarqatilishi yo`lga qo`yilgan, ishga chiqishiga zarurat bo`lmagan xodimlar esa uy sharoitida masofadan turib faoliyat olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

 

Bundan tashqari chiqindi orqali virus tashilishining oldini olish maqsadida “Maxsustrans”ga tegishli Yashnobod, Yunuobod, Yakkasaroy tumanlarida joylashgan barcha qayta yuklash shahobchalarida ham dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.  

Ma`lumot o`rnida aytish joizki, Toshkent shahridan bir kunda 2 ming tonnagacha chiqindi olib chiqilishini inbatga olib, “Maxsustrans” o`z faoliyatini odatiy rejimida davom ettiradi fuqarolardan esa uyda qolishlarini so`rab qoladi.

Boshqa yangiliklar