1

O`zbekistonda qushlarga bag`ishlangan sayt ochildi

Jamiyat 06.04.2015, 15:22
O`zbekistonda qushlarga bag`ishlangan sayt ochildi

O`zbekistonda mamlakatdagi qushlarga bog`ishlangan www.birds.uz deb nomlangan yangi sayti joriy etildi, deb xabar bermoqda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi.

Sayt yaratuvchilarining qayd etishicha, ushbu manba O`zbekiston qushlari haqida ma`lumot almashish maydoniga aylanishi, qushlarning yashash tarzini kuzatish ekohordiqning eng qiziqarli, xavfsiz va albatta, foydali turi sifatida targ`ib qilishi kerak. Shuningdek, sayt ornitologlar uchun ham keng imkoniyatlar ochadi va  doimiy tarzda mutaxassislarning ma`lumotlari bilan to`lib boradigan O`zbekiston qushlari turlari bo`yicha ma`lumotlar bazasi yaratiladi.

Qo`mita huzuridagi Davbionazorat ma`lumotiga ko`ra, har yili O`zbekiston hududi orqali 130 turdagi 4 mln.ga yaqin parranda uchib o`tadi, 460 dan ortiq turdagi qushlar muqim yashaydi. Bu haqda telegraf.uz nashri xabar bermoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1