1

Qoraqalpoq balig`i xorijga eksport qilinmoqda

Jamiyat 06.04.2015, 15:26
Qoraqalpoq balig`i xorijga eksport qilinmoqda

Qoraqalpog`iston Respublikasi Baliqchilik xo`jaliklari assosiasiyasidan olingan ma`lumotga ko`ra, bugungi kunda 70 dan ko`p ishbilarmonlik sub`ektlari aholini arzon baliq va baliq mahsulotlari bilan ta`minlash, sohani rivojlantirish, yo`q bo`lib ketgan baliq turlarini qayta tiklash ishlari bilan shug`ullanishmoqda. Bu haqda telegraf.uz nashri xabar bermoqda.

“Nukus baliq” MChJ shaklidagi Qoraqalpog`iston-Rossiya qo`shma korxonasi 2007 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Kegayli tumanidagi “Dauit ko`l” hududidan baliq ovlanib, aholi dasturxoniga etkazib berilmoqda. Korxona baliqchilari tomonidan 2014 yilda 69 tonna baliq ovlanib, jami 470 mln. 658 ming so`mlik daromad olindi.

O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish bo`yicha davlat qo`mitasi qoshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” jamg`armasining 124 mln. so`mlik granti hisobiga baliq lichinkalarini o`stirish yo`lga qo`yildi. Rossiyadan ikkita inkubasiya sexi olib kelinib, baliqchilik bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`ektlariga shartnoma asosida lichinkalar etkazib berilmoqda. O`tgan yilning o`zida 10 million dona lichinka chiqarilib, 32400 dona chavaq sotildi.

Suv taqchilligini hisobga olingan holda yopiq hovuzlarda baliq urchitish yo`lga qo`yish rejalashtirilgan. 
Korxona  tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikasiyalash, butun dunyo bo`ylab qabul qilingan, sifat boshqarishning zamonaviy tizimini joriy etib, ISO 9001 xalqaro standartga muvofiqlik sertifikatlariga ega bo`ldi.
Qo`shma korxona mahsulotlar asosan Germaniya, Xitoy mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1