AsosiyJamiyat

"The Asia Times" xorijiy portalda O`zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlardan 1 nafari vafot etgani to`g`risida maqola chop etildi

'"The Asia Times" xorijiy portalda  O`zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlardan 1 nafari vafot etgani to`g`risida maqola chop etildi'ning rasmi

Koronavirus Info telegram kanali ushbu axborotni yolg`on ekani haqida ma`lumot berdi. 

Shuningdek,  yana ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`layotgan quyidagi xabarlar ham aniqlik kiritib o`tdi. Bular:

  •  Telegram messenjerining ayrim kanal va guruhlarida yurtimizdagi aptekalarda  koronavirusga qarshi dori vositasi sotilayotgani to`g`risida e`lonlar tarqalmoqda - bu feyk xabar. (infeksiyasiga qarshi vaksina yoki preparatlar mavjud emas)
  • Telegram messenjerida Buxoro viloyati Jondor tumanida 2 fuqaro koronavirusga chalingani to`g`risida xabarlar tarqaldi - bu feyk xabar.  
  • Ijtimoiy tarmoqlarda «har bir fuqaroga haftasiga 300 ming so`mdan berilishi» haqida  xabarlar  tarqatildi - bu feyk xabar.  
  • Ijtimoiy tarmoqlar amerikalik olimlar tomonidan koronavirusga qarshi vaksina ixtiro qilingani va u bemor tanasiga yuborilganidan keyin 3 soat ichida ta`sir ko`rsatishni boshlashi haqida xabarlar tarqatildi- bu feyk xabar.

 

Eslatib o`tamiz, vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud. 

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma`lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so`mdan 89 mln 200 ming so`mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar