1

MSK Islom Karimov O`zbekiston Prezidenti etib saylangani haqidagi qarorni qabul qildi

Jamiyat 06.04.2015, 17:34
MSK Islom Karimov O`zbekiston Prezidenti etib saylangani haqidagi qarorni qabul qildi

Toshkentda 6 aprel kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo`lib o`tdi. MSK matbuot xizmati ma`lumotlari asosida kun.uz nashrining xabar berishicha, unda 29 mart kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston Prezidenti saylovi natijalari ko`rib chiqilgan.

MSK okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 29 mart kuni bo`lib o`tgan saylovda saylovchilar ro`yxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 nafardan 18 million 942 ming 349 nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etganini aniqladi. Bu ro`yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 91,08 foizini tashkil etadi.

Saylov natijalari ko`rsatganidek, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 17 million 122 ming 597 nafari yoki 90,39 foizi O`zLiDePdan ko`rsatilgan nomzod Islom Karimovni yoqlab ovoz berdi. “Milliy tiklanish” DPdan ko`rsatilgan nomzod Akmal Saidovga – 582 ming 688 nafar saylovchi yoki 3,08 foizi, O`zXDPdan ko`rsatilgan nomzod Hotamjon Ketmonovga 552 ming 309 nafar saylovchi yoki 2,92 foizi, “Adolat” SDPdan ko`rsatilgan nomzod Narimon Umarovga 389 ming 24 nafar saylovchi yoki 2,05 foizi ovoz berdi.

O`zbekiston Konstitusiyasining 90, 117-moddalariga, “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi Qonunning 14, 35, 36-moddalariga, “O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to`g`risida”gi Qonunning 5, 9-moddalariga muvofiq MSK Islom Karimovni O`zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to`g`risida qaror qabul qildi.

Qonunchilikka ko`ra, O`zbekiston Prezidenti MSK tomonidan saylov natijalari rasmiy tarzda e`lon qilingan kundan e`tiboran kechi bilan 2 oy ichida Oliy Majlis yig`ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o`z lavozimiga kirishadi.

Ayni vaqtda, amaldagi O`zbekiston Prezidenti o`z vakolatlarini yangi saylangan O`zbekiston Prezidenti lavozimga kirishgunga qadar bajaradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1