1

O`zbekiston Milliy gvardiyasi mayori — Gulbahor qo`lga olindi

Jamiyat 25.03.2020, 08:20
O`zbekiston Milliy gvardiyasi  mayori — Gulbahor qo`lga olindi

Milliy gvardiyaga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushdi, deya xabar qildi Milliy Gvardiya Matbuot xizmati.

 Unda keltirilishicha, “Gulbahor” ismli ayol o`zini “mayor” unvonidagi “Milliy gvardiya xodimi” deb tanishtirib, ishga kiritib qo`yish uchun 15.800.000 so`m va 300 AQSh dollari miqdoridagi pul va shu kabi boshqa masalalarda fuqarolarning ishonchiga kirib ulardan katta miqdordagi pul mablag`larini undirayotganligi ma`lum qilingan.  

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Milliy gvardiya mas`ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida “Gulbahor” ismli ayol qo`lga olinib Toshkent shaxar IIBga topshirilgan.  

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1966 yilda Farg`ona viloyatida tug`ilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan, bugungi kunda Toshkent shahri, Sirg`ali tumanida ro`yxatsiz yashab kelayotgan fuqaro G.Sultonova ekanligi ma`lum bo`lgan.

Bugungi kunda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro Gulbahorga nisbatan JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) va 211-moddasi (“Pora berish”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1