1

Samarqandning Urgut tumaniga sel keldi (foto)

Jamiyat 07.04.2015, 14:16
Samarqandning Urgut tumaniga sel keldi (foto)

Internet tarmog`ida Urgut shahri ko`chalaridagi suv toshqini aks etgan fotosuratlar paydo bo`ldi, deb xabar beradi Facebook’ning "Voditeli Tashkenta" guruhi ma`lumotlariga asosan uz24.uz nashri.

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, shaharning qator ko`chalari, uylar  sel ostida qoldi. Urgut tog`li tuman bo`lgani bois, bu erda avvallari ham sel kelganligi aytilmoqda.

Ma`lumot uchun, Urgut tumani Samarqand viloyatining janubiy sharqiy tomonidagi tog`lar etagida, dengiz sathidan taxminan 1000 metr balandlikda joylashgan.

Urgut tumani bir tomondan Qashqdaryo viloyati, bir tomondan qo`shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh.

Urgut tuman hokimligining rasmiy saytida yozilishicha, tumanda 428 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1