AQShning Arkanzas shtati, Elmvud-Park shaharchasida istiqomat qiluvchi, yaqin kunlarda 100 yoshga kirgan fuqaro rafiqasini bolta yordamda o`ldirdi, keyin esa o`z joniga qasd qildi, deya xabar beradi Gazeta.ru nashri.
Maykl Jaskinning 88 yoshli rafiqasi Rozaliya Jaskinning jasadi yotoqxonada, Mayklning o`zi esa yuvinish xonasidan topildi. Ma`lumotlarga ko`ra, qotillik sodir etilgan vaqtda uyda ulardan boshqa hech kim bo`lmagan. Mahalliy aholi vakillarining fikrlariga ko`ra, er va xotin tinch hayot kechirishgan, ko`chada, jamoat joylarida doimo birga ko`rinishgan. Biroq polisiyada ularning oilasi notinch bo`lgani haqidagi dalillar borligi aytilmoqda. Ayni vaqtda qotillik sabablari aniqlashtirilmoqda.