AsosiyDunyo

Marg`ilonlik odam o`g`liga Messi deb ism qo`ydi (foto)

Tvitter foydalanuvchisi Sardor Yusupov marg`ilonlik Messining tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasini mikroblogiga joyladi, deya xabar beradi telegraf.uz nashri.

Aytish joiz, xorijlik mashhurlar insonlarning ismini qo`yish holati bizda tez-tez uchramoqda.

2009 yil Gulistonda o`tgan “Umid nihollari” musobaqasida qashqadaryolik yigit hammaning e`tiborini tortgandi. Ism familiyasi Maradona Safarov edi. Farg`onalik Bryusli ismli karatechi yigit ham bo`lardi.

Bir paytlar “Chempion” gazetasida o`g`liga Devid Bekxem deb ism qo`ygan ota haqida maqola chiqqandi. O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparovning o`g`lini ismi Raul. Bu bolani “Sport” telekanalida beriladigan rolik orqali yaxshi taniysiz. Marg`ilonga qaytsak. Marg`ilonlik Messi Alijonov 2014 yil 12 oktyabr kuni Marg`ilonda tug`ilgan. Otasining ismi Akmaljon. 

    Boshqa yangiliklar