1

Nima uchun tibbiyot muassasalarida telefon vositalari olib qo`yilmoqda?

Hi-tech 25.03.2020, 18:58
Teglar: telefon, virus
Nima uchun tibbiyot muassasalarida telefon vositalari olib qo`yilmoqda?

AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh G`iyosov ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda fuqarolar tomonidan eng ko`p beriladigan savollarga javob qaytarildi.

Savol: Nima uchun tibbiyot muassasalarida telefon vositalari olib qo`yilmoqda?  

Javob: Karantin o`rnatilgan joylarda xavfsizlikni ta`minlash ishlari yolg`on axborotlar tarqatish, aholida vahima kayfiyatini uyg`otuvchi materiallar tarqalishining oldini olishni ham o`z ichiga oladi. Koronavirusga chalingan bemorlarni davolovchi vrachlardan telefon apparatlarining olib qo`yilishi ana shu holat bilan ham bog`liq.  

Biroq tibbiyot xodimlari oilasi, yaqinlari bilan muloqotda bo`lishi uchun muassasada faoliyat ko`rsatib turgan telefon vositalaridan foydalanishi mumkin. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1