AsosiyJamiyat

Qaysi uyali aloqa kompaniyasi mijozlarining ikki oy telefoni o`chmaydi?

'Qaysi  uyali aloqa  kompaniyasi mijozlarining ikki oy telefoni o`chmaydi?'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 176-sonli qarorida fuqarolar tomonidan Internet va telefon aloqasi uchun to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun 2 oy davomida o`chirilishiga yo`l qo`yilmasligi belgilangan edi. 

Ammo Beeline,, Mobiuz va Ucell kompaniyalari Vazirlar Mahkamasi qarorining ushbu bandi ularga taalluqli emasligini ma`lum qilishdi. Ya`ni ushbu aloqa kompaniyalarining abonentlari qarz bo`lib qolishsa, telefonlari o`chiriladi.

Uztelecom kompaniyasi esa ushbu qaror ularga taalluqli ekanligini rasman ma`lum qilishdi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek o`zining telegram kanalida ma`lum qildi. Ya`ni 2 oy davomida fuqarolar Uztelecom savdo belgisi ostida ko`rsatiladigan internet va telefon aloqasi xizmatlari uchun to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshira olmasa ham, xizmat ko`rsatish to`xtatilmaydi.  

"Xabarda gap ayni qaysi xizmatlar haqida ketayotgani to`g`risida batafsil ma`lumot berilmagan. Lekin bilishimcha, Uztelecom savdo belgisi ostiga Uzmobile, Uzonline, IPTV, IP-telefon hamda oddiy uy telefonlari xizmatlari kiradi" deydi bloger o`z postida.

E`TIBOR BERING!

Bu degani - Sizga tekinga internet yoki telefon xizmati ko`rsatiladi, degani emas. Shunchaki Sizga qarz yozib ketaverishadi, lekin o`chib qolmaydi xolos. O`shanchun ayrimlar internet tekin bo`ldi, mazza endi deb o`ylab, 300 GB ishlatib qo`yib, ikki oydan keyin millionlab qarzdor bo`lib o`tirishmasin.

Shu o`rinda bloger o`zining ShAXSIY MASLAHATINI ham bildirdi. Uning fikricha, to`lovga bugun imkoniyatingiz bormi, unda ertaga qoldirmasdan o`z vaqtida to`lovlarni to`lab qo`yaverish kerak. "Bu o`zingiz uchun foyda. Hammasi yig`ilib, juda katta summa bo`lib ketsa, aksincha qiynalib qolasiz. Faqat bugunni emas, ertani ham o`ylash kerak" deya o`z fikrini yakunlagan Xushnudbek. 

 

    Boshqa yangiliklar