AsosiyJamiyat

Bugundan“Indiyskoye kino”, “Dom Kino”, “Disney”, “Euronews” va “Discovery channel” telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi

'Bugundan“Indiyskoye kino”, “Dom Kino”, “Disney”, “Euronews” va “Discovery channel” telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi'ning rasmi

26 mart kunidan “Indiyskoye kino”, “Dom Kino”, “Disney”, “Euronews” va “Discovery channel” telekanallari ochiq rejimda tarqatilmoqda.

O`zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda bundan aholiga, korxonalarga va tadbirkorlik sub`ektlariga salbiy ta`sirni kamaytirish bo`yicha hukumat darajasida qator choralar ko`rilmoqda. 

Shundan kelib chiqib, karantin sharoitida uyda yoki izolyatsiyada bo`lganlarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Axborot faoliyati va ma`lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo`yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi topshirig`iga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatda koronavirus bilan bog`liq epidemiologik vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar “Indiyskoye kino”, “Dom Kino”, “Disney”, “Euronews” va “Discovery channel” telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi.

    Boshqa yangiliklar