AsosiyJamiyat

Kecha koronavirus infeksiyasi aniqlangan namanganlik bemor bugun vafot etdi

'Kecha koronavirus infeksiyasi aniqlangan namanganlik bemor bugun vafot etdi'ning rasmi

Shu yilning 26 mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida bo`lgan namanganlik 72 yoshli R. koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Shu kuni soat 23:00 lar atrofida maxsus laborator tahlillar natijasida unda ushbu infeksiya aniqlangan. Bemorga ushbu infeksiya 12 mart kuni Turkiya safaridan qaytgan va kasalligi tasdiqlanib, karantinga olingan qizi M.dan yuqqanligi dalillangan.

 

Bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali o`tkir yurak etishmovchiligi va boshqa kasalliklar bilan davolanib kelgan. Bugun tongda soat 4:30 da shifokorlarning reanimasion muolajalariga qaramasdan o`tkir miokard infarktidan vafot etgan.

 

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

    Boshqa yangiliklar