4 aprel kuni Xitoyning Chunsin shahrida bo`lib o`tgan varraklar festivalida dunyodagi eng uzun varrak havoga uchirildi.
Musobaqada Yangi Zelandiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvesiya, Germaniya, Avstriya, JAR, AQSh, Avstraliya, Janubiy Koreya, Malayziya i Xitoy jamoalari ishtirok etdi. Ammo birinchilik xitoyliklarga nasib etdi.
Bundan oldin Giness rekordlar kitobiga kiritilgan eng bahaybat varrakning uzunligi 5 ming metr edi. Bu safargisining uzunligi esa 6 ming metrni tashkil qildi. Uni havoga ko`tarish uchun 6-8 soat vaqt ketadi.