1

Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgan erkak kim va nima uchun o`lganini izohladi

Salomatlik 28.03.2020, 15:10
Teglar: koronavirus O`zbekiston, koronavir
Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgan erkak kim va nima uchun o`lganini izohladi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi axborotiga ko`ra, 2020 yil 28 martning ayni paytiga qadar mamlakatimizda koronavirus iinfeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda.  

Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun 39 yoshli 1 nafar erkak bemorda o`lim holati qayd etildi. Vafot etgan bu bemor Fransiyadan yurtimizga birinchi kasallikni olib kelgan bemor bilan muloqotda bo`lgan. U o`z kasalligini dastlab bilgan bo`lsa-da, o`zi vrach bo`la turib, yurtimizda olib borilayotgan shuncha targ`ibot ishlariga qaramay, shifokorlarga murojaat etmay, uyida yashirincha o`zicha davolanishga uringani ma`lum bo`lgan.  

U kasallikning og`ir davri boshlangandan so`nggina 26 mart kuni Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga tez yordam xizmati orqali yotqizilgan. 27 mart kuni esa Virusologiya ilmiy tekshirish institutiga o`tkazilgan.  

Shu o`rinda barchani tashvishga soladigan bir jihat bor: bu bemor uyida bo`lgan paytda qancha odamlar u bilan muloqot qilgan, muloqotda bo`lib kasallikni yuqtirib olganlar o`z navbatida yana qancha insonlarga tarqatgan. Nahotki, kishi o`z sog`lig`i va yaqinlari xavfsizligi uchun shunchalik sovuqqon, befarq, xudbin bo`lsa. Axir bu o`z ota-onasiga, farzandlari, nevaralari, qo`ni-qo`shnilari, qarindosh-urug`lari, xalqi, umuman Vataniga xiyonat emasmi? 

Nega haligacha odamlarimiz bu kasallik qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishini anglab etmayaptilar?!  

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo`yicha Prezidentimiz rahbarligida barcha resurslar ishga solinib, zaruriy va qat`iy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning zamirida eng avvalo xalqimiz, yurtdoshlarimiz, har bir fuqaromiz nobud bo`lishining oldini olishdek muhim maqsad yotganligini bugun barchamiz qalbdan tushunib, o`zimiz, oilamiz, yaqinlarimiz hayotini o`ylab ish tutmog`imiz kerak emasmi?  

Ogohlik va uyda o`tirish hamda shifokorlarning bergan tavsiyalariga to`liq amal qilish barchamiz uchun bosh masala bo`lmog`i lozim!

Sharhlar

23-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 65 ming nafarga yaqinlashmoqda

24.10.2020, 00:08

2020 yil 23 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 811 (+87) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining:19 nafari Toshkent shahrida, 68...
22-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafardan oshdi

22.10.2020, 23:42

2020 yil 22 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 518 (+79) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining: 14 nafari Toshkent shahrida,  65...
20-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafarga yaqinlashmoqda

20.10.2020, 23:57

2020 yil 20 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 912 (+81) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Toshkent shahrida, 71...
17-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 63 ming nafarga yaqinlashmoqda

18.10.2020, 02:42

2020 yil 17 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 995 (+82) nafarni tashkil etmoqdaYangi kasallanish holatlarining:24 nafari Toshkent shahrida,54...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1