AsosiyShou-biznes

Hamyurtimiz Sardor Milano "Glavnaya ssena" ning superfinaliga chiqdi (video)

Shu yilning 10 aprel  kuni Rossiyaning “Glavnaya ssena” musiqiy tanlovining final bosqichi bo`lib o`tdi. Unda superfinal yo`llanmasi uchun kuchli uchlik ichida yurtdoshimiz Sardor Milano ham kurash olib bordi. U finaldagi chiqishida Fred Merkurining “Queen” nomli kompozisiyasini o`zgacha uslubda ijro etib, tomoshabinlar va hay`at a`zolari e`tiborini qozondi va superfinalga yo`llanma oldi.

Superfinalga har bir jamoadan bir kishidan — jami besh kishi yo`l oldi. Bular Sardor Milano, Arsen Mukendi, Aleksandr Ivanov, Kseniya Dejneva, “Moya Mishel” guruhi.

Eslatib o`tamiz, 23 yoshli ishtirokchi o`z ijrosi bilan ko`plab muxlislar e`tiboriga tushib ulgurdi. U dastlabki saralash bosqichida italiyalik opera xonandasi Andrey Bochellining “Con Te Partiro”, "Time To Say Goodbye" qo`shig`ini ijro etgan bo`lsa, chorak finalda esa  – “Nella Fantasia”  qo`shig`ini kuylagan edi.

Sardorning aytishicha, unig ovoz diapazoni 3,5 oktavaga teng. Odatda opera va estrada xonandalarining ovoz diapazoni 2 oktavaga teng bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Sardor ayni vaqtda Moskva shahrida tahsil oladi va yashaydi.

    Boshqa yangiliklar