Koronavirus sabab poytaxt jamoat transportlari harakati to`xtatilishi munosabati bilan "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan korxona va tashkilotlar xodimlari uchun shartnoma asosida transport xizmatlari ko`rsatilayotgan edi. Buning uchun avtobusning sanitariya talablariga javob berishini tasdiqlovchi maxsus belgi, ya`ni stiker joriy etilgandi.
Mazkur stikerda avtobus xizmati buyurtmasi bo`yicha jamiyatning maxsus telefon raqami ko`rsatilgan.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra joriy yilning 30 martidan karantin davrida xususiy hamda muhim bo`lmagan transport vositalarining harakati to`xtatilishi munosabati bilan mazkur stiker ham o`z kuchini yo`qotdi. Avtobus hamda boshka transport vositalari uchun davlat xizmatlari agentligi tomonidan maxsus ruxsatnoma berish yo`lga qo`yildi. Bu haqda Toshshahartransxizmat matbuot xizmati xabar berdi.
Ammo, tushunmovchilik sabab ayrim ijtimoiy sayt va tarmoqlarda maxsus ruxsatnomalar uchun "Toshshahartransxizmat"AJning avvalgi stikerida ko`rsatilgan telefon raqamiga murojaat qilish mumkin, degan ma`nodagi materiallar tarqagan.
"Toshshahartransxizmat"AJ 71 244 18 63 tefon raqami orqali faqat avtobus buyurtmalarini qabul qilishini ma`lum kilamiz.
Maxsus ruxsatnomalar bo`yicha esa Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.