AsosiyDunyo

Makronning rafiqasini “erkak” degani uchun qamalgan jurnalist sudda yutib chiqdi

Jurnalist tarqatgan videoda Brijit aslida Jan-Mishel ismli erkak ekanini ta’kidlagan.

'Makronning rafiqasini “erkak” degani uchun qamalgan jurnalist sudda yutib chiqdi'ning rasmi

Fransiyada prezident Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron “aslida erkak bo‘lib tug‘ilgan” degan da’vo bilan sudga tortilgan jurnalist Natasha Rey Parij apellyatsiya sudi tomonidan oqlandi. Bu haqda Zamon.uz nashri  xabar berdi.

Natasha Reyning advokati Fransua Dangleanning so‘zlariga ko‘ra, sud qarori jurnalist foydasiga chiqdi. Rey endilikda Brijit va uning asl familiyasi bo‘lgan Jan-Mishel Trone ustidan yangi sud jarayoni boshlashni rejalashtirmoqda. U o‘ziga nisbatan ilgari qo‘yilgan ayblovlarni “firibgarlik asosida qurilgan” deya baholamoqda.

Jurnalistning da’vosi ilk bor 2021 yil dekabrida YouTube’da tarqatilgan videoda paydo bo‘lgandi. Rey videoda Brijit aslida Jan-Mishel ismli erkak ekanini ta’kidlagan. Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.

Prezident Makron bu masalaga ilk bor 2024 yil mart oyida munosabat bildirgan va bu kabi soxta ma’lumotlar uning siyosiy faoliyatidagi eng og‘ir holatlardan biri ekanini ta’kidlagan edi.

Shu yil sentabrida Parij sudi Natasha Rey va yana bir ayolni tuhmatda aybdor deb topib, ularga 13,5 ming yevro miqdorida jarima solgan edi. Biroq apellyatsiya sudi bu qarorni bekor qildi.

Bu mavzu xalqaro OAVda ham keng yoritilgan. Jumladan, amerikalik jurnalist Kendis Ouens ham Brijit Makronning erkak jinsida tug‘ilgani haqidagi “dalillarni” e’lon qilishga va’da bergan.

Jurnalistlar ta’kidicha, Makron o‘zining o‘qituvchisi Brijit bilan munosabatga kirishganida 15 yoshda, Brijit esa 39 yoshda bo‘lgan. Ammo Brijitning yoshlikdagi hayoti va ta’limi haqida aniq ma’lumotlar yo‘qligi alohida ta’kidlanmoqda.

 Shu tariqa, bu da’volar atrofidagi sud jarayonlari Frantsiyada so‘z erkinligi, shaxsiy hayot daxlsizligi va ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on ma’lumotlar muammosi borasida muhim muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:28

    'Piskent, Yangiyer va Tayloqda “valyutchiklik” bilan shug‘ullanganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:11

    Piskent, Yangiyer va Tayloqda “valyutchiklik” bilan shug‘ullanganlar qo‘lga tushdi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

    'Rossiya yagona aviatsion kreyseri “Admiral Kuznetsov” taqdirini muhokama qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:59

    Rossiya yagona aviatsion kreyseri “Admiral Kuznetsov” taqdirini muhokama qilmoqda

    1985 yilda suvga tushirilgan mazkur kreyser 2017 yildan beri modernizatsiya qilinayotgan.

    'Eron va AQSH yadroviy masala bo‘yicha muzokaraga kelishib oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:40

    Eron va AQSH yadroviy masala bo‘yicha muzokaraga kelishib oldi

    Ikki davlat vakillari o‘rtasidagi suhbati ijobiy bo‘lgani aytilmoqda.

    'Tramp Kanadaga qarshi yangi boj joriy qilishini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:57

    Tramp Kanadaga qarshi yangi boj joriy qilishini aytdi

    AQSH Prezidenti 1 avgust kunidan Kanadadan olib kiriladigan barcha mahsulotlarga 35 foiz boj solig‘i joriy etilishini e’lon qildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:49