AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Dilshod Kenjaev ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda quyidagi savolga javob berildi.
Qumqo`rg`on tumanidagi 27-maktabda bolalarni yig`ib, qo`shimcha dars o`tilayotgani aytilyapti. Men birgina savolni o`rtaga tashlamoqchiman: bu insonlarda O`zbekistonda maktablar nima maqsadda yopilgani haqida tasavvur bormi?
❗️ O`rganish jarayonida mazkur holat bo`yicha e`lon qilingan fotosurat noto`g`ri talqin qilingani va noto`g`ri axborot tarqalgani ma`lum bo`ldi.
Aslida Qumqo`rg`on tumanidagi 27-umumta`lim maktabi o`qituvchisi T.Sh o`zining tug`ilib o`sgan uyiga, ya`ni Muzrabot tumani, At-Termiziy mahallasida yashovchi onasining uyiga borgan. T.Sh.ning onasi nabiralarini uyda dars qilishi va sport bilan shug`ullanish jarayonlarini boshqalarga o`rnak qilib ko`rsatish maqsadida fotosuratni e`lon qilgan.
Ammo ushbu fotosuratga noto`g`ri tavsif berilib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo`lgan.