AsosiyJamiyat

Endi hamma faqat o‘z hududida taksichilik qiladi

Yo‘nalishsiz taksi xizmatlarini olib boruvchi haydovchilar litsenziya kartochkasida ko‘rsatilgan hududdagina faoliyat olib borishi mumkin.

'Endi hamma faqat o‘z hududida taksichilik qiladi'ning rasmi

Transport vazirligiga ko‘ra, bu tartib 14 yil oldingi hukumat qarorida bo‘lgan. Kuchini yo‘qotgan hujjat o‘rnida bu yil ayni tartib belgilangan boshqa hujjat qabul qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi hamma o‘zining viloyatida taksichilik qiladi. Toshkentda faqat “01” raqamli avtomobillargagina litsenziya berishadi”, deb aytilgani aks etgan videolar tarqaldi.

Muallifga ko‘ra, ko‘pchilik hozir “Litsenziya olamiz, Toshkentda ishlaymiz”, — desa, rad javobini olmoqda.

“Haydovchi litsenziya oladigan bo‘lsa, o‘zining hududida ishlaydigan qilib qo‘yishibdi. Misol uchun 01 — Toshkent nomeri. Ular Toshkentda ishlaydi. Andijonliklar Andijonda, qoraqalpog‘istonliklar Qoraqalpog‘istonda, qashqadaryoliklar Qashqadaryoda”,– deydi u.

Holat yuzasidan Transport vazirligi “Darakchi.uz”ga xabarlar rost ekanini tasdiqlagan.

Vazirlik axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ayni kunda jarayon amalga oshirilishini aytgan.

“Bu tartib kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolmagan. 2011 yilda aynan mana shu yo‘nalishli taksilar faoliyatini tartibga soluvchi 139-sonli qaror chiqarilgan. O‘sha qaror bilan tasdiqlangan nizomda yo‘nalishli taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning faoliyat yuritishi uchun qo‘yilgan talablar bor. O‘sha nizomning 5-bob 9-bandida haydovchi yo‘lovchilarni yo‘nalishsiz taksida tashishni litsenziya kartochkasida belgilangan hududda amalga oshiriladi deb yozilgan. Bu qaror hozir o‘zining kuchini yo‘qotgan. Mazkur qaror o‘rnini bosuvchi 2025 yilda chiqqan qarorga ko‘ra, haydovchining o‘z hududida, ya’ni litsenziya kartochkasida ko‘rsatilgan hududda faoliyat olib borishi belgilab qo‘yildi”, – degan u.

Shuningdek, Ashurmatovning tushuntirishicha, bunda haydovchi faoliyatini faqat o‘sha litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hudud va unga tutash hududda olib boradi.

“Masalan, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan 01 kod bilan boshlanuvchi davlat raqamli transport vositasi Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududida taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. Xuddi shuningdek, viloyatlarniki ham xuddi shunaqa bo‘ladi”,– deydi vazirlik axborot xizmati rahbari.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Трамп депортация сиёсатида йўналишни ўзгартирмоқда'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    'Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:46

    Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq

    BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh tomonlarni mojaroni yumshatishga chaqirdi.

    'Toshkentda bayram kuni transport oqimi yuqori: 500 mingdan ortiq avtomobil shaharni tark etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:00

    Toshkentda bayram kuni transport oqimi yuqori: 500 mingdan ortiq avtomobil shaharni tark etdi

    Bu yuqori transport oqimi Ramazon hayiti bayrami va dam olish kunlari munosabati bilan aholining ommaviy ravishda shahardan chiqishi bilan bog‘liq.

    'Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 13:03

    Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar

    2026 yilgi Jahon baxti hisobotida yana shimoliy davlatlar yetakchilikni qo‘lga oldi.

    'Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 12:48

    Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi

    Туркиянинг Бодрум шаҳрида 36 ёшли Ўзбекистон фуқароси икки нафар эркак томонидан жинсий тажовузга учрагани хабар қилинди.

    'Dollar ketma-ket to‘rt kun ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 11:28

    Dollar ketma-ket to‘rt kun ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.