Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2036 yilgacha mo‘ljallangan davlat qurollanish dasturi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi qurol tizimlari uchun zarur infratuzilma — harbiy bazalar, arsenal va aerodromlar oldindan rejalashtirilishi kerakligini ta’kidladi.
“Men tez-tez yangi tizimlar uchun mo‘ljallangan obyektlar bo‘yicha xarajatlarni boshqa moddalarga ko‘chirish haqidagi hujjatlarni imzolayapman. Ammo bu oxir-oqibat yangi qurollar ochiq dalaga joylashtirilishiga olib kelmoqda”, — deydi Putin.
Prezident, shuningdek, yadroviy triadani alohida eslatib, uni “Rossiya suverenitetining kafolati” deb atadi. Yig‘ilish davomida ushbu obyektlar uchun moliyaviy resurslarni alohida satr sifatida davlat dasturida belgilash topshirildi.