AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi qidiruv-qutqaruv xizmati tashkil etilmoqda

Tez orada mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasi yagona aviasiya qidiruv-qutqaruv xizmati (YaAQQX) o`z faoliyatini boshlaydi. Mazkur yangi xizmat ofatga yo`liqqan havo kemalarini qidirish va qutqarishni tashkil qilish, shuningdek, favqulodda holat yuzaga kelganida qutqaruv ishlarini amalga oshiradi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar beradi.

Shu yil aprel oyining boshida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev mazkur yangi xizmat nizomini imzoladi.

O`zbekiston Respublikasi yagona aviasiya qidiruv-qutqaruv xizmati oldiga idoralar qidiruv-qutqaruv xizmatlari kecha-kunduz navbatchilik qilishini tashkillashtirish va ta`minlash, tegishli xizmat va idoralarni O`zbekiston hududida halokatga yo`liqqan havo kemalari haqida xabardor qilish, halokatga uchragan havo kemasi bilan axborot almashinish kabi bir qator vazifalar qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar