Farg`ona shahar Markaziy dehqon bozori hududida 29 mart kuni 41 yoshli M.X. niqob taqmay karantin qoidasini buzgan. Ustiga ustak to`plangan fuqarolarni tarqatayotgan Farg`ona shahar IIO xodimlarining o`z vazifalarini bajarayotgan paytida odamlarni qonuniy talablarini bajarmaslikka da`vat qilgan.
Farg`ona viloyat prokuraturasining ma`lumotiga ko`ra, 30 mart kuni Farg`ona shahar ma`muriy sudi tomonidan M.X.ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi va 195-moddasi bilan 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Fuqarolardan mamlakatda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni saqlash, yashash muhiti xavfsizligi va inson sog`lig`ini muhofaza qilish maqsadida sanitariyaga oid qonun hujjatlari hamda epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga qat`iy rioya qilish so`ralmoqda.