AsosiyJamiyat

100 va undan ortiq yoshdagi O`zbekiston fuqarolari nafaqasiga 118 ming so`m ustama belgilandi

100 va undan ortiq yoshdagi O`zbekiston fuqarolari 2015 yil 1 maydan boshlab har oyda nafaqalariga eng kam ish haqining 100 foizi (118 400 so`m) miqdorida qo`shimcha qiymat to`lanadi, deb yozadi telegraf.uz nashri.

Mazkur qaror O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil 14 apreldagi «Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Farmoniga binoan qabul qilindi.
Nafaqalarga har oy qo`shimcha qiymat O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya fondi hisobidan moliyalashtiriladi.

O`zbekiston rahbari shuningdek, 2015 yil davomida 75 va undan ortiq yoshdagi fuqarolarning hisobidan tekshiruv vaqtida aniqlangan ortiqcha to`langan pensiya va nafaqalar qiymatini hisobdan chiqarish, shuningdek qonunda belgilangan imtiyozlarni qo`llashni topshirdi. 

 

    Boshqa yangiliklar