AsosiyShou-biznes

18-19 aprel kunlari “Samarqand Darvoza” savdo-ko`ngilochar markazida hunarmandlar yarmarkasi bo`lib o`tadi

Shu yilning 18-19 aprel kunlari “Samarqand Darvoza” savdo-ko`ngilochar markazida hunarmandlar yarmarkasi bo`lib o`tadi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

Unda O`zbekistonning barcha hududlaridan kelgan hunarmandlar o`z ishlari bilan ishtirok etishadi. Bu erda Marg`ilon adraslari va shoyilari, buxorolik dizaynerlarning qo`lda tikilgan pidjaklari va aksessuarlari, Xorazm gilamlari, yungdan ishlangan shuba va paltolar, Shaxrixon pichoqlari va naqshlari, bezaklar, sumkalar, poyabzal va O`zbekiston milliy an`analariga xos tarzda qo`lda yasalgan boshqa ko`plab buyumlarni ko`rish mumkin bo`ladi.

Yarmarka doirasida markaziy sahnada bolalar jamoalari ishtirokida konsert, mahalliy dizaynerlarning liboslar va aksessuarlar namoyishlari o`tkaziladi. 

    Boshqa yangiliklar