Virjiniyadagi kasalxonalarning birida davolanayotgan bemor o`limi oldidan bundan bir necha yillar avval Markaziy razvedka boshqarmasining buyrug`i bilan mashxur aktrisa Merilin Monroni o`ldirganini tan oldi, deb yozadi spletnik.ru nashri.
78 yoshli Norman Xojes ismli bu shaxsning so`zlariga ko`ra, u xukumatga “xush” kelmagan mashxur insonlarni “yo`qotuvchi” beshlikning biri bo`lgan.
Shuning bilan birga Xojes u va uning “hamkasb”lari tomonidan Merilin Monrodan tashqari yana 30 dan ortiq jamoat arboblari, jurnalistlar, siyosatchilar, aktyor va aktrisalar o`ldirilgan. Eng g`aroyibi shundaki, Xojes o`ldirilgan har bir mashxur inson o`z joniga qasd qilgani belgilari bilan o`ldirilganini aytgan.
Xojes Merilin Monro Fidel Kastro bilan aloqalari uchun o`ldirilganini ham alohida aytib o`tgan.
Eslatib o`tamiz, Merilin Monroning jasadi 1962 yilning 4 chidan 5 avgustga o`tar kechasi o`z uyida qo`lida telefon go`shagini ushlagan holda topilgan.
Uning karavoti oldida uyqu dorining bo`sh idishi va yonidagi stolda ushbu dorining 14 ta xapdorisi topilgan. Aktrisa hech qanday xat qoldirmagan.
O`shanda rasman uning uyqu dorilarni haddan ziyod qabul qilish natijasida vafot etgani e`lon qilingandi.