AsosiyJamiyat

DXA: Stikerlar imtiyoz emas, karantin sharoitidagi qat`iy choradir!

'DXA: Stikerlar imtiyoz emas, karantin sharoitidagi qat`iy choradir!'ning rasmi

Ko`pchilik karantinning asosiy maqsadini unutmoqda. Bosim o`tkazish bilan hech narsaga erishib bo`lmaydi.

Avtotransport vositalari harakatlanishida qat`iy cheklovlarning joriy etilishi natijasida Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga tegishli stiker-ruxsatnomalarni berish bo`yicha muhim vazifa topshirildi. 

Shu munosabat bilan Agentlik  jamoatchilikni  ushbu vazifalar ijrosi va  mazkur tartib jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar to`g`risida xabardor qilishni  maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.     

Ushbu faoliyat qanday tashkil etilgan?

Ruxsatnomalarga bo`lgan talab yuqoriligi hisobga olinib, davlat xizmatlari markazida ish rejimi 24 soatlik asosida tashkil qilindi. Bu davlat organing ishni tashkillashtirishning oldin kuzatilmagan ko`rinishidir. Ilgari bunday rejim faqat bir marta joriy etilgan: oliy o`quv yurtlariga kirish uchun  hujjatlarni qabul qilishda. 

Odatda yangi xizmat joriy eilishidan oldin sinovdan o`tkaziladi, 2-3 oy mobaynida xizmat ko`rsatish bo`yicha reglament ishlab  chiqiladi,boshqa tashkilotlar bilan  hamkorlik qilish  masalalari  tayyorlanadi, xodimlar o`qitiladi. Talabnomaning asosliligini aniqlash mezonlariva xodimlar tomonidan barcha tafsilotlarning tushunishi  muhim ahamiyat kasb etadi. 

  Hozirgi holatda esa, yangi xizmat 12 soatdan kam bo`lgan vaqt ichida joriy etildi, onlayn-portal ishi bir  kecha-kunduzda yo`lga qo`yildi, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida esa, elektron raqamli imzoning shartligi talabi bekor qilindi, karantin sababliuyga yuborilgan xodimlar jalb qilindi, zudlik bilan ularni o`qitish ishlari tashkillashtirildi. Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan xizmat ko`rsatish tartibi esa 31 martdan kuchga kirdi.

Shu kunlarda qisqa vaqt ichida 150mingdan ortiq talabnoma kelib tushdi, shundan  respublika bo`yicha 19 660 ta  ruxsatnoma berildi, 46402 tasiga rad javobi berildi, 10 004 tasi  talabgorlarning o`zi tomonidan qaytarib olindi. 

Bir kunda  barcha davlat xizmatlari markazlarida 20 mingdan  arizani ko`rib chiqish bo`yicha  xolisjismoniy imkoniyat bor. Ayni damda ularni ko`rib chiqish jarayoni  IIVorganlari vakillari bilan hamkorlikdaamalga oshirilmoqda. 

Onlayn rejimda ishlashga o`tilishi munosabati bilan birinchi kunda kuzatilganidek  odamlarningto`planib turishi hozirgi kunda mutlaqo bartaraf etildi.

Kurerlarning muammosi:  taqdim etilayotgan hujjatlar sifatida

Stiker olish  – bu rasmiy jarayondir, barcha hujjatlar o`rnatilgan talablarga muvofiqtaqdim etilishi kerak. Har bir xodim talabnomani ko`rib chiqqanligi va hujjatlarning to`liqligi uchun javobgar hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlardaayrim yirik kurerlik  firmalari va  mahsulot tashuvchilar  ular yirik bo`lishlariga qaramay, stikerlar ololmayotganlari haqida shikoyatlar yozishdi. 

Ta`kidlash joizki, birinchidan, ushbu tizim yirik va kichik  kompaniyani bir-biridan ajratmaydi. Agarda shunday imkoniyat bo`lsa, shikoyatlar kichik kompaniyalar tomonidan aytilgan bo`lardi va bu asosli.  Shu bois, kompaniyaning darajasi yoki “mashhurligi” davlat xizmatlari markazlari uchun hech qanday ahamiyatga ega kasb etmaydi. 

Faqat alohida holatlardagina Maxsus komissiya qaroriga ko`ra,   stikerlar  davlat xizmatlari markazlari tizimidan emas, bevosita Adliya vazirligi tomonidan berilishi mumkin, bu ushbu komissiya protokolida ham yozib qo`yilgan. 

Ikkinchidan, mazkur yirik kurerlarning hujjatlar bilan bog`liq  ancha muammolari bor.  Axir ularhamisha o`z etkazib beruvchilari bilanma`lum bir shartnomalar tuzmasdan yoki ishga olish to`g`risidagi buyruqlarsiz, norasmiy tartibda ishlaganlar. 

Hamma shoshilinch ravishda shartnoma tuzdi va (vaqtinchalik) buyruq qabul qildi.

Ijtimoiy  tarmoqlarda,ayrim  tashkilotlar etkazib beruvchilarni pulga “ishga joylash” bo`yicha ayrim ishlarni yo`lga qo`yayotgani haqida xabar  tarqatilgan paytda, bu holatda,  talabgorlarning  ishonchliligiga ishonsa bo`ladimi?  “Etkazib beruvchi” haqiqatan ham haqiqiy etkazib beruvchi ekanligini qanday aniqlash mumkin?O`z navbatida,  o`rnatilgan tartibda xodimlarning  mehnat daftarchalarini taqdim etish zarurligi to`g`risidagi talablarko`rsatilgan. Bironta ham etkazib beruvchi  ushbu talabni to`liq  qondiraolmadi. 

Shu bois,  ayrim tashkilotlar  ijtimoiy tarmoqlar orqali bosim o`tkazish (pressing) ga o`ta boshlashdi, hozirgi  murakkab sharoitda esa, bu  juda nomaqbul amaliyot, deb hisoblaymiz. 

Chiroyli raqamli  vapremium sinfdagi avtotransportvositalari

Davlat xizmatlari markazlarida premium sinfdagi   yoki chiroyli raqamli    avtotransport  vositalariga stikerlar berilmaydi. Rasmiy nuqtai nazardan qaraganda,  ular hamyo`l harakatining teng huquqli ishtirokchisi   hisoblanadilar. Ushbu asosda berilgan  rad javoblaribo`yicha ham ko`plab shikoyatlar  kelib tushdi.

Shunday bo`lsa-da, bu kabi avtotransportlar ham stikerlar olishi mumkin: ular davlat yoki Vazirlar Mahkamasihuzuridagi Maxsus komissiya qaroriga boshqa tashkilotlar (to`qimachilik,  sanoat, ishlab chiqarish  korxonalari va b.sh)ga tegishli bo`lishsa. 

Shu bois, agarda siz bunday avtomobillarga berilgan ayrim stikerlarasossiz berilgan, deb hisoblasangiz, bizga xabar bering va biz buni tekshirib ko`ramiz va zarur hollarda stikerni bekor qilamiz. 

Shuningdek, ko`plab avtomobillar stikerlarsiz ham harakatlanishi mumkin. Tasdiqlangan ro`yxatdastiker  olish zarur bo`lmagan 22 ta holat qayd etilgan. 

OKED (Iqtisodiy faoliyat turini umumdavlat tasniflashi) Avtomatik seleksiya qilish

Ruxsatnoma olish uchun  ko`plab asossiz  talabnomalar va takroriy talabnomalarning (ayrim  talabgorlar  “har ehtimolga qarshi” o`z talablarini  bir necha marotaba yuborganlar) kelib tushishi sababli asosiy faoliyat turlari bo`yichatalabnomalarni avtomatik saralashtizimi joriy etildi.

Bunday yondashuv asossiz ariza beruvchilarning imkoniyatlarinisezilarli darajada cheklab qo`ydi, yuzaga kelgan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan qo`l boshqaruvi shaklida tuzatildi, rad etish to`g`risidagi shikoyatlar tezda ko`rib chiqilmoqda.  Bu, bizningcha, hozirgi  murakkab sharoitda  eng maqbulyondashuvdir. 

Tartiblarga qo`yilgan  talablarnitushuntirish va ijtimoiy tarmoqlardagi postlarga javob berish bo`yicha 15 kishidan iborat maxsus shtab tashkil etildi. 

Korrupsiyaga qarshi tizim

Stikerlarga bo`lgan yuqori talab va korrupsiya xavfi mavjud ekanligi tufayli Adliya vazirligi tomonidan stikerlarni berish jarayoniniichki nazorat qilish bo`yicha 3 darajali maxsus tizim joriy etildi. Agentlikning  markaziy apparat vakillari har bir markazdagi ish jarayonini nazorat qilishmoqda, stikerlar berishning asosliligini monitoring qiluvchi alohida shtab tuzildi. Adliya vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurash bo`yicha bo`lim muvofiqlashtirishi ostida shtab tashkil etildi. U stiker berishdagi barcha jarayonlar ustidan umumiy monitoringni amalga oshiradi, bu boradagishubhali holatlarni tekshiradi. 

Shu bois, agarda siz  stiker olish bo`yicha  noqonuniymexanizmlar to`g`risida  ma`lumotga ega bo`lsangiz, tezkor chora-tadbirlarqabul qilish uchun huquqni himoya qiluvchi davlat organlariga murojaat qilishingizni  iltimos qilamiz. 

Hurmatli fuqarolar!

Ushbu barcha o`zaro yangicha munosabatlar, masalalar, murakkab jarayonlar, muammolar – so`nggi 3-4 kun ichida sodir bo`lgan voqealardir. 

Qisqa vaqt ichida Davlat xizmatlari agentligi katta uzilishlarsiz xizmat ko`rsatishning yangi  tizimini, ehtimol, jamiyat hayotidagi eng talab yuqori bo`lgan xizmatlar tizimini yo`lga qo`ydi. 

U barcha talabnomalarni ko`rib chiqish uchun  zarur choralarni ko`rishni davom ettiradi. 

Shu bilan birga ko`pchilik  stikerlarning ortidan quvib eng asosiy masalani unutib qo`ydi.  Stikerlar – imtiyoz emas, ular shahar ko`chalaridatransport vositalarining harakatisezilarli darajada  kamaygan sharoitda  aholining keskin ehtiyojlarini  qondirishda uzilishlarning oldini olish uchun zarur.

Axir, eng asosiy maqsad — bu bizning, yaqinlarimizning  salomatligidir.  Butun dunyodakoronavirus  yuqtirib  olganlarsoni  1 million nafardan,  kasallikdan vafot etganlar soni esa, 50 ming nafardan oshdi. Bu bizga katta saboq, jamiyatimizga  esa katta chaqiriqdir. 

    Boshqa yangiliklar