AsosiyDunyo

AQShning nufuzli nashrlaridan biri O`zbekistonda COVID-19ga qarshi olib borilayotgan ishlarga ijobiy baho berdi

'AQShning nufuzli nashrlaridan biri O`zbekistonda COVID-19ga qarshi olib borilayotgan ishlarga ijobiy baho berdi'ning rasmi

AQShning nufuzli nashrlaridan biri — «The Diplomat» Markaziy Osiyoda koronavirusga qarshi qanday kurashilayotgani haqida maqola e`lon qildi.

Quvonarlisi shundaki, ushbu tahliliy materialda koronavirusga qarshi O`zbekiston tanlagan yo`l muvaffaqiyatli ekani alohida ta`kidlangan. Hukumat barcha ma`lumotlarni ochiq va oshkora e`lon qilayotgani hamda aholi axborot olishi uchun bepul internetni yo`lga qo`ygani qayd etilgan.  

Maqola muallifi Koronavirus Info kanali faoliyatiga ham to`xtalgan va unda 1,2 milliondan ziyod obunachilar kunlik ma`lumotlarga ega bo`layotgani ta`kidlab, ushbu muvaffaqiyatlar boshqa mamlakatlar uchun ham o`rnak bo`lishi kerakligi aytilgan.

Boshqa yangiliklar