1

Koronavirus sabab yuzaga kelgan inqiroz davrida tadbirkorlarga qo`shimcha engilliklar berilmoqda

Siyosat 03.04.2020, 20:32
Koronavirus sabab yuzaga kelgan inqiroz davrida tadbirkorlarga qo`shimcha engilliklar berilmoqda

Avval xabar berganimizdek, bugun, 3 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Davlat rahbarining ma`lum qilishicha, "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni bilan bir tadbirkorlar uchun qancha yangi imtiyoz va imkoniyatlar belgilab berildi.

Ushbu farmonga ko`ra:

birinchidan, turistik va mehmonxona faoliyati bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar shu yil yakuniga qadar er va mol-mulk soliqlarini to`lashdan ozod etiladi. Ularga ijtimoiy soliq stavkasi hozirgi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi. Ushbu imtiyozdan sohada xizmat ko`rsatayotgan mingdan ortiq sub`ektlar foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Ikkinchidan, karantin davrida o`z faoliyatini to`xtatishga majbur bo`lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga daromad solig`i va ijtimoiy soliqni hisoblash to`xtatiladi. Ushbu imtiyoz qariyb 150 ming yakka tartibdagi tadbirkorga katta ko`mak bo`ladi.

Uchinchidan, tushumi o`tgan oydagiga nisbatan 50 foizga kamaygan kichik biznes sub`ektlariga aylanmadan olinadigan soliq, er solig`i, mulk solig`i, ijtimoiy soliq va suv solig`ini to`lash muddati shu yil 1 oktyabrga qadar kechiktiriladi. Tadbirkorlar bu imtiyozlardan soliq idorasini uydan turib xabardor qilishi mumkin.

To`rtinchidan, joriy yil 1 apreldan boshlab yuridik shaxslarning tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to`lov majburiyati amaldagi 100 foizdan 30 foizga tushiriladi.

Beshinchidan, Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tomonidan yordam berish ko`lami yanada kengaytiriladi.

Hozirgi kunda tadbirkor olgan kredit stavkasi 24 foizgacha bo`lganda uning 8 foizini jamg`arma qoplab berar edi. Endi kredit stavkasi 28 foizgacha bo`lganda ham uning 12 foizini davlat qoplaydi.  

Buning uchun tadbirkorlarning 3 trillion so`mlik kreditlari foizini qoplashga jamg`armadan qo`shimcha 400 milliard so`m yo`naltiriladi. Jamg`arma bir tadbirkorning faqatgina bitta loyihasiga kafillik berishi bo`yicha cheklov ham endi bekor qilinadi.

Intizomli va ishonchli tadbirkorlarga kreditning 75 foiziga jamg`arma kafillik beradi (bugungi kunda 50 foiz). Kafillik summasining yuqori chegarasi ham 8 milliard so`mdan 10 milliard so`mga oshiriladi.

Oltinchidan, qiyin ahvoldagi korxonalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va aholining 12 trillion so`mlik kredit majburiyati muddati uzaytiriladi.

Ettinchidan, shu yil yakuniga qadar un, o`simlik yog`i, go`sht va sut mahsulotlari, shakar, gigiena vositalari kabi asosiy iste`mol tovarlarini import qilishda bojxona boji va aksiz solig`i undirilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1