AsosiyJamiyat

12 ta bank jismoniy shaxslarning kredit to`lovlarini kechiktirdi (ro`yxat)

'12 ta bank jismoniy shaxslarning kredit to`lovlarini kechiktirdi (ro`yxat)'ning rasmi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O`zbekistondagi 12 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar bo`yicha to`lov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga ko`chirilmoqda.

Jismoniy shaxslarning kredit to`lovlarini 3 oygacha kechiktirgan banklar 9 taga etdi. Foiz to`lovlari vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun belgilangan barcha penya to`lovlari va jarima bekor qilindi. Foiz to`lovlari karantin davri tugaganidan so`ng amalga oshirishilishi mumkin.

Karantin muddati uzaytirilgan taqdirda, ko`rsatilgan muddat tugaganidan keyin, mijoz kechiktirilgan to`lovni uzaytirish uchun bank bilan bog`lanish huquqiga ega.

Kredit to`lovlarini qaytarishga qiynalgan qarzdorlarga "ta`til" beriladi

️1 aprel holatiga ko`ra, aholining 100 mln. so`mdan kam bo`lgan barcha kredit (overdraft, onlayn mikroqarz, sud jarayonidagi kreditlar bundan mustasno) to`lovlari bo`yicha ta`til e`lon qilgan banklar ro`yxati:

  1. O`zsanoatqurilishbank;
  2. Asakabank;
  3. Turonbank;
  4. Aloqabank;
  5. Hamkorbank;
  6. Milliybank;
  7. Agrobank;
  8. Mikrokreditbank;
  9. ZiraatBank;
  10. Xalq banki;
  11. InfinBank;
  12. Ipotekabank.️

Ushbu banklar jismoniy shaxslar uchun kredit shartnomasiga bir tomonlama o`zgartirish kiritishmoqda va kreditlar bo`yicha 2-3 oylik imtiyozli davr berishmoqda.

    Boshqa yangiliklar