O`zbekistonda kokos mevasini etishtirish rejalashtirilmoqda. Surxondaryo viloyatining tumanlaridan biridagi fermer hozirda palma daraxtini o`stirish bo`yicha o`z rejalarini ishlab chiqmoqda. Fermerning qayd etishicha, Surxondaryo viloyati iqlimi, tropik mevalarni, ayniqsa kokos mevasini beradigan palma daraxtini o`stirish imkoniyatini beradi. Buning uchun maxsus sovuqqa chidamli palma turi tanlab olingan.
Yanvar oyida viloyatda o`rtacha harorat +3 darajani tashkil qiladi. Iyunga kelib esa 30 darajadan oshadi. Palma ko`chatining muzlab qolmasligi uchun maxsus noyob texnologiyalar yordamida ishlov beriladi. Birinchi navbatda uning tomiri muzlab qolmasligi uchun maxsus issiqlik ushlab turuvchi tuproq va qumlardan foydalaniladi. Shuningdek kuchli sovuqdan saqlash uchun u 1-1,5 metr chuqurlikka o`tqizlishi rejaga kiritilgan.





