AsosiyJamiyat

Talabalarga baho qo`yish va ularning davomatini tekshirish uchun “Elektron jurnal” va “Elektron reyting” tizimlari joriy qilinmoqda

Toshkent Moliya instituti va Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan “Elektron jurnal” va “Elektron reyting” tizimlarini joriy etish bo`yicha tajriba olib borilmoqda. Uning natijalariga ko`ra, dasturiy ta`minot yanada mukammallashtiriladi va ushbu tizimlar mamlakatimizning barcha oliy ta`lim muassasalariga tarqatiladi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar beradi.

“Elektron jurnal” talabalarning mashg`ulotlardagi davomatini hisoblashni elektron ko`rinishda boshqarish imkonini beradi. “Elektron reyting” esa talabalarning reytingini aniqlash va uni boshqarish jarayonini avtomatlashtiradi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mutaxassislarining qayd etishlaricha, istiqbolda ushbu tizimni mamlakatimizning barcha oliy o`quv yurtlarida muvaffaqiyatli qo`llash uchun har bir auditoriya kompyuter bilan jihozlangan bo`lishi lozim. O`qituvchi esa tasdiqlangan jadvalga muvofiq, tegishli jadval ustunlariga ma`lumotlarni kiritish huquqiga ega bo`ladi.

 Mutaxassislarning ma`lum qilishlaricha, “Elektron jurnal” hamda “Elektron reyting” tizimlarini joriy etish oliy o`quv yurtlarida tartib-intizomni mustahkamlashga yordam beradi.

 

    Boshqa yangiliklar