Mamlakatimiz bo`yicha uy olish uchun “Labormigration.uz” dasturiy majmuasidan 322 nafar mehnat migranti ro`yxatdan o`tdi.
Prezidentimizning 2019 yil 20 avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a`zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to`g`risida”gi farmoniga asosan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda ko`p kvartirali uylardan 3 ming 462 xonadon ajratilishi belgilangan.
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko`p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ko`ra, turar joyga ehtiyojmand mehnat migrantlari uy olish uchun “Labormigration.uz” dasturiy majmuasida ro`yxatdan o`tmoqda.
“Labormigration.uz” dasturiy majmuasidan ro`yxatdan o`tgan fuqarolarga Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan tasdiqnoma beriladi. Mehnat migrantlari mazkur tavsiya asosida viloyat, tuman, shahar komissiyalariga ariza topshiradi.
Ajratiladigan xonadonlar hududlar kesimida:
1. Qoraqalpog`iston Respublikasi – 210 ta
2. Andijon viloyati – 420 ta
3. Buxoro viloyati – 240 ta
4. Jizzax viloyati – 120 ta
5. Qashqadaryo viloyati – 300 ta
6. Navoiy viloyati – 60 ta
7. Namangan viloyati – 300 ta
8. Samarqand viloyati – 450 ta
9. Surxondaryo viloyati – 270 ta
10. Sirdaryo viloyati – 90 ta
11. Toshkent viloyati – 180 ta
12. Farg`ona viloyati – 420 ta
13. Xorazm viloyati – 240 ta
14. Toshkent shahri – 162 ta
Jami: 3462 ta
Joriy yilning 6 aprel holatiga ko`ra, “Labormigration.uz”dasturiy majmuasida ro`yxatdan o`tgan fuqarolar hududlar kesimida:
1. Qoraqalpog`iston Respublikasi – 15 ta
2. Andijon viloyati – 26 ta
3. Buxoro viloyati – 63 ta
4. Jizzax viloyati – 7 ta
5. Qashqadaryo viloyati – 15 ta
6. Navoiy viloyati – 12 ta
7. Namangan viloyati – 4 ta
8. Samarqand viloyati – 15 ta
9. Surxondaryo viloyati – 29 ta
10. Sirdaryo viloyati – 8 ta
11. Toshkent viloyati – 1 ta
12. Farg`ona viloyati – 8 ta
13. Xorazm viloyati – 111 ta
14. Toshkent shahri – 8 ta
Jami: 322






