AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 16 nafarga etdi

'Qoraqalpog`istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 16 nafarga etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2020 yil 7 aprel soat 17:00 holatiga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasida koronaviruska chalingan bemorlar soni 16 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirda kasallanganlar Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli o`rtacha darajada. Epidemiologik tekshirish ishlari davom etmoqda.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizga – shunday qiyin va ma`suliyatli kunlarda shifokorlar talablariga va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik tartiblariga amal qilish juda muhim va shart ekanini yana bir bor eslatamiz.  

Tartib kuchaytirilgan davrda ko`chada yurgandan ko`ra, uyda qolish o`ta muhim. Bu bilan o`zingizni, shuningdek, oilangizni, yurtimizni va jamiyatimizni koronavirus balosidan asrashga o`z hissangizni qo`shgan bo`lasiz.

Bundan avval, Qoraqalpog`istonda kasallanganlar virusni qaerdan yuqtirib olgani haqida ma`lumot berilgan edi.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda, O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 504 nafarni tashkil etmoqda.

27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.

28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.

Bugungi kungacha esa 30 nafar bemor butunlay tuzalgan. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, bemorlarning 9 nafari og`ir ahvolda, ikki nafari sun`iy nafas olish apparatiga ulangan.

Ma`lumot uchun: Jiddiy karantin choralari belgilanganiga qaramasdan nega zararlanish holati oshib borayotgani to`g`risida Nurmat Otabekov izoh bergan edi.

Boshqa yangiliklar