Ayni paytda koronavirus pandemiyasi bir vaqtning o`zida butun dunyoga xavf solmoqda. Ana shunday og`ir va murakkab bir vaqtda O`zbekistondagi turli diniy konfessiya vakillari xalqqa murojaat bilan chiqdi
MITROPOLIT VIKENTIY, Toshkent va O`zbekiston eparxiyasi rahbari
— Hozirgi kunda davlat tomonidan e`lon qilingan farmoyishga binoan tozalikka rioya qilish, shahar bo`ylab kezmaslik , xonadonma xonadon yurmaslik so`ralmoqda. Bunga albatta amal qilishimiz lozim. Chunki uning zmirida virus tarqalmaslikning oldini olishdek xayrli maqsad qamrab olingan. Provaslav diniga e`tiqod qiluvchilr ham buni dildan his qilib turibdi. Va Cherkovga borishni istamoqda. Lekin Patriarx Kirillning o`yda qolinglar degan chaqirig`iga qo`loq tutishimiz kerak. Demak biz har birimiz o`zimizning qalbimizni tinglashimiz, ma`naviy jixatdan yuksaklikka intilishimiz kerak. Ayni shu murakkab kunlarda birgalikda har qanday muammoni engib o`tamiz. Xotirjam bo`laylik, vahimaga urin yo`q. Xudodan so`raymiz bu virus O`zbekistondan, Butun jahondan yo`q bo`lib ketsin. Agar biz tavba qilib ibodat qilsak albatta bizni parvardigor yorlaqaydi. Tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Ana shunday damlarda biz pasxa bayramini o`z o`yimizda nishonlaymiz. Cherkov jarayonini Onlayn tarzda tarqatamiz. Xursandchilik doimo hamroxingiz bo`lsin. Shunday ekan biz barcha murakkabliklarni birgalikda parvardigor yordamida engib o`tishimizga ishonchim komil.
EJI MA`SULEVICh, Rim-katolik cherkovi rahbari
— Hamma hozir tushunib turibdiki, Koronovirus bilaan bog`liq jarayonlarni boshmizdan kechirmoqdamiz. Mening gaplarim yaxshi eshitilishi uchun niqobimni echaman. Shuni alohida ta`kidlamoqchimanki, bugungi kunda hukumat komissiyasi tomonidan berilayotgan topshiriqlarga to`la amal qilgan holda niqoblarni taqib yurishimiz shart. Bu faqat va faqat o`zimiz qolaversa atrofimizda istiqomat qilayotgan aholining xavfsizligini ta`minlash maqsadida joriy qilinmoqda. Shuningdek, qo`limizni tez-tez yuvib turishimiz, tozalikka rioya qilishimiz va o`yda qolishimiz suralmoqda. Bunga barchamiz cherkov va masjidga boruvchilar ham birdek amal qilishimiz lozim. Shunday ekan barcha o`yda qolib ibodat qilsin. Bunday harakatimiz bilan biz O`zbekistonda koronovirus muammosidan tezroq qutulishga yordam bergan bo`lamiz. Odamlar bilan muloqotga kirishish ayni paytda xavfli .Shuning uchun kursatmalarni bajarishimiz, o`zimiz uchun qolaversa sog`lig`imiz garovidir.Afsuski, bu holat pasxa bayramiga tayyorgarlik ko`rayotgan pallalarda ro`y berdi. Joriy yilning 12 aprel kuni Xristian dini vakillari uchun muhim shodiyona bayram tashkil qiliniishi kerak edi. Shuning uchun biz sharoitdan kelib chiqib muloqotimizni Cherkovda ibodatni odamlarsiz bajaramiz. Bu jarayon onlayn tarzda o`yda qolgan holda amalga oshirilishi ta`minlanadi. O`ylaymanki, ayni shu kunlarda murakkab vaziyatlarda bu eng maqbul variantdir. Bayram kuni albatta internet orqali muloqotga kirishamiz. Bu barchamizning xavfsizligimiz uchun ayni muddaodir. Qolaversa bu faqat insoniyat uchun balki butun dunyo uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan jarayonlardir. Shunday ekan hammangiz o`yda qoling. !
ARAMAIS GRIGORYaN, Arman apostol cherkovi rahbari
— Hurmatli armanlar, hurmatli ibodat qiluvchilar! Barchangizga ma`lumki, joriy yilning 12-aprel kuni Arman apostol chekovi buyuk Pasxa bayramini nishonlashi lozim edi. Ammo ko`rib turganingizdek dunyo miqyosida ro`y berayotgan koronovirus tufayli bu singari tadbirlarni ommaviy ravishda tashkil etish vaqtinchalik to`xtatildi. Shuning uchun bundan oldin ham aytganmiz, hozir ham maslahatimiz shuki o`yda qoling.Shuning uchun ham bu galgi bayram yopiq eshiklar ortida o`tkaziladi. Jarayonni esa o`yda o`tirgan holda onlayn rejimdako`zatishingiz mumkin. Hozircha xonadonda qolib ibodat qiling. Sizlardan o`tinib so`raymiz.Bu hammamiz uchun xavfdan xoli bo`ladi.Qolaversa, biz hamkorlikda ish tutsak ushbu holat tezda o`tib ketadi. Bunga barchamiz aminmiz.
ARKADIY ISAXAROV, Toshkent Yahudiylar diniy jamoasi rahbari
— Hurmatli do`stlar! Koronavirus tufayli joriy qilingan karantin tufayli Sinagogimizda barcha bayram tadbirlari vaqtnchalik to`xtatildi. O`ylaymanki, bunga barcha tushungan holda amal qiladi. Har bir oilada, o`yda bu singari tadbirlar bayram qilinadi. Xudoga shukur buning uchun o`z vaqtida tayyorgarlik ko`rganmiz. Parvardigor doimo hamrohimiz bo`lsin , u biz bilan birga.O`ylaymanki, ayni shu kunlari boshimizdan kechirayotgan jarayonlarni birgalikda engamiz va u tezda o`tib ketadi. Aminmanki, bu jarayonga sizlar tushungan holda amal qilasizlar.






