AsosiyJamiyat

Tibbiyot oliy o`quv yurtlarida chet tilini bilgan talabalar stipendiyasiga ustama qo`shilanadi

'Tibbiyot oliy o`quv yurtlarida chet tilini bilgan talabalar stipendiyasiga ustama qo`shilanadi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha kelgusi o`quv yilidan boshlab yosh kadrlarning xorijiy adabiyotlardan keng foydalanishini rag`batlantirish maqsadida chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari)ni bilish darajasi to`g`risidagi xalqaro sertifikatga ega bo`lgan tibbiyot oliy ta`lim muassasalari talabalari stipendiyasiga (mutaxassislik fanlarni 3 bahoga o`zlashtiradiganlardan tashqari) qo`shimcha ravishda ustama to`lanadi. 

Bu mablag`lar Talabalarni rag`batlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan qoplanadi. Mazkur chora-tadbir ham Prezidentimizning “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida o`z aksini topgan.

Unga muvofiq, xalqaro e`tirof etilgan tashkilotlar (Buyuk Britaniya konsalting kompaniya – Quacquarelli Symonds, Buyuk Britaniya nashriyoti – Times Nigher Education, Szyaotun Shanxay universiteti – Academic Ranking of World Universities) reytingida tibbiyot yo`nalishida birinchi 200 o`rinni egallagan oliy ta`lim muassasalarida klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutaxassisligini tamomlagan: davlat tibbiyot muassasalari xodimlari lavozim maoshiga mehnatga haq to`lashni eng kam miqdorining etti baravariga teng miqdorda har oylik qo`shimcha ustama; falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan mutaxassislarga davlat tibbiyot muassasalarida lavozim maoshiga mehnatga haq to`lashni eng kam miqdorining o`n besh baravariga teng miqdorda har oylik qo`shimcha ustama to`lanadigan bo`ldi.

Boshqa yangiliklar