Qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yangi paxta terish agregati modeli yaratildi, deya xabar bermoqda telegraf.uz nashri.
Qishloq xo`jaligi mashinasozligi uchun mo`ljallangan ushbu ixtiro paxta terish agregatining unumdorligi va paxtani to`liq terish samaradorligini oshirish vazifasini bajaradi. Qurilma chopiq traktori ko`rinishidagi energovosita, shpindelli terish apparatini o`z ichiga olgan terish uskunasi va sachratadigan forsunkalarga ega quvurdan tashkil topgan.
Mazkur ixtiro uchun mualliflar A.N.Mixaylovskiy, S.U.Usarov, A.A.Rizaev va I.N.Azarovga № FAP 00993 raqamli patent berildi.





