AsosiyJamiyat
4979

Havoning birdan sovib ketishi koronavirus kasalligini avj oldiradimi?

'Havoning birdan sovib ketishi koronavirus kasalligini avj oldiradimi?'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o`tkazildi.

U "Havo keskin sovib ketdi. Mana shu vaziyatda kasallikni avj olish ehtimoli qanaqa?" degan savolga javob berdi.

"Haqiqatan, havo sovuq bo`lsa, ayniqsa -2 dan +10 gradusgacha bo`lgan havo haroratida virus qo`zg`atuvchisi ancha muddat yashay oladi, ularni tashqi muhitda bo`lish vaqti uzayadi. Lekin, agar biz uyimizda qolsak, ko`chaga chiqmasak, muloqotlarga yo`l qo`ymasak, muloqot bo`lsayam masofani saqlaydigan bo`lsak respublikamizdagi epidemik vaziyatga hozirgi kundagi ob-havo ta`sir qilmasligi mumkin", deya izoh berdi N.Otabekov.

Mavzuga oid: Buxoroda koronavirusga chalinganlar sonining keskin oshib ketishiga nima sabab bo`ldi?

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar