Yaqinda Italiyaning "Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu onasining shifoxonadan chiqqani haqida gapirayotib, "Karantin holatida odam o`zi bilan yolg`iz qoladi. Shu vaqt ichida men ko`p kitob o`qidim, ko`p o`yladim ... endi men Qur`on o`qishni boshladim. " Bu haqda azon.uz xabar bermoqda.
Ronaldu musulmon madaniyatiga birinchi marta murojaat qilayotgani yo`q. "Real Madrid" futbol klubida Ronaldu bilan jamoadosh bo`lgan turk millatiga mansub Mesut O`zil unga arab tili asoslari va Qur`oni karimni o`qish qoidalarini o`rgatayotganini aytgan edi.
O`zilning so`zlariga ko`ra, Ronaldu Qur`on o`qishni, Islom haqida hikoyalarni tinglashni juda yaxshi ko`radi va uning eng sevimli surasi "Fotiha" edi.
2013 yilda Saudiya Arabistonining " Mobily" uyali aloqa operatori portugaliyalik futbolchi bilan reklama shartnomasini tuzganida unga portugal tilidagi Qur`oni karim tarjimasini taqdim etgan edi.
Bundan tashqari, Ronaldu bir necha bor Falastin xalqini qo`llab-quvvatlab gapirgan. Xususan, Dog`istonning tubjoy xalqlari assambleyasi raisi Murtuz Gasangadjiev bir necha yil oldin portugaliyalik futbolchidan iqtibos keltirgan edi: “Men lablarimda mening ismimni aytib ko`z yosh to`kayotgan Falastin bolalariga yig`lamasdan qaray olmayman. Men musulmonlarni juda yaxshi ko`raman, chunki ularning hayotlari tartibli va idealga o`xshaydi. Men Islom haqida juda ko`p narsani bilaman va ishonch bilan ayta olamanki, so`nggi paytlarda matbuotda bu din haqida yozilganlarning hammasi yolg`ondir".