1

"Xudo xohlasa, tartib-intizomga rioya qilsak, bir-birimizga mehrimiz yanada ziyoda bo`lsa, bu sinovdan yorug` yuz bilan o`tib olamiz"

Siyosat 08.04.2020, 19:36
Teglar: Prezident, yig`ilish
"Xudo xohlasa, tartib-intizomga rioya qilsak, bir-birimizga mehrimiz yanada ziyoda bo`lsa, bu sinovdan yorug` yuz bilan o`tib olamiz"

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 8 aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo`lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda ta`kidlaganidek, pandemiya sharoitida so`nggi bir oy ichida xorijiy davlatlardan 20 ta charter reys orqali 6 ming, temir yo`l va chegara postlari orqali 10 ming nafar fuqaromiz olib kelindi. Ularning barchasi 160  ta manzilga joylashtirilib, karantinga olindi.

Tajribali shifokor professorlardan iborat maxsus shtab tuzilib, har bir bemorni davolashda 24 soatlik onlayn maslahat berish yo`lga qo`yildi. Xitoy va Janubiy Koreyadan virusologlar taklif qilindi. Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Turkiya kabi davlatlar mutaxassislari bilan ham doimiy telemedisina aloqalari o`rnatilgan.

– Eng muhimi – xalqimiz yuzaga kelgan vaziyatni to`g`ri baholab, o`z xizmat vazifalarini masofadan turib bajarmoqda, shifokorlar tavsiyasi va karantin tartib-qoidalariga qat`iy amal qilib, o`zlarining madaniyati, ongi va intizomi bilan barchaga o`rnak bo`lmoqda. O`quvchi va talaba yoshlarimiz onlayn dars va mashg`ulotlar orqali ta`lim olishda davom etmoqda, – dedi davlatimiz rahbari.

«Bir so`z bilan aytganda, O`zbekistonda hayot barqaror sur`atda davom etmoqda. Eng asosiysi, ming-minglab yurtdoshlarimiz, ayniqsa shifokorlarning fidoyi xizmati, o`z burchiga sadoqati tufayli ko`rayotgan tezkor choralarimiz o`zining ijobiy natijasini bermoqda», – dedi Prezidentimiz 8 aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo`lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida.

Lekin, misli ko`rilmagan darajada targ`ibot ishlariga qaramay uyida davolangan va og`ir holatda yotqizilgan 40 yashar bemor kecha olamdan o`tdi.

Marhumning oila a`zolariga hamdardlik bildirar ekan, davlatimiz rahbari yana bir bor barchani ogohlikka chaqirdi. “Kasallik alomatini sezdingizmi, darhol shifokorlarga murojaat qiling. Takror aytaman, kasallikni oilamizga kirib kelmasligi, o`zimiz va yaqinlarimizni ushbu illatdan saqlab qolish, eng avvalo, o`zimizga bog`liq!”

Afsuski, karantin va sanitariya-gigiena talablariga befarq qarayotgan shaxslar ham yo`q emas.

Masalan, o`tgan davrda karantin qoidalarining 47 mingga yaqin buzilish holatlari, shu jumladan, 34 ming marta niqob taqmaslik, 11 ming marta avtotransportda karantinga rioya qilmaslik holatlari aniqlanib, jarimalar qo`llangan. Hattoki, 24 ta holatda yuzlab odamlarni to`plab, ziyofat va marosimlar o`tkazilgani aniqlangan.

– Butun dunyoning boshiga tushgan bu murakkab sinovdan biz, Xudo xohlasa, yanada kuchli bo`lib, bir-birimizga mehrimiz yanada ziyoda bo`lib, albatta yorug` yuz bilan o`tib olamiz. Faqat tartib-intizomga qat`iy rioya qilib, o`rinsiz vahimaga tushmasak, tushkunlikka berilmasak, marra bizniki bo`ladi.

Bu vaqtinchalik qiyinchilik va muammolar, albatta, o`tib ketadi. Pok niyatli, dinu diyonatli, sabr-bardoshli, olijanob xalqimiz bilan hali ko`p yaxshi kunlarni ko`ramiz, ko`p to`y-tomosha va tantanalarni birgalikda nishonlaymiz, oldimizga qo`ygan maqsadlarimizga albatta etamiz,” – dedi Shavkat Mirziyoev.

Sharhlar

Prezident turizm va sportni rivojlantirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi

28.01.2020, 17:51

Prezident Shavkat Mirziyoev turizmni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.  Sayyohlikning an`anaviy turlari qamrovini kengaytirish bilan birga yangi yo`nalishlarini ochish zarurligi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1