Qozog`istonda shu kecha-kunduzda kuchli shamol va bo`ron davom etmoqda. Noqulay ob-havo injiqliklaridan bir necha uylar va muassasalar zarar ko`rdi. Kuchli shamol hatto ko`p qavatli uyning tomini uchirib ketdi. Bu haqda ria.ru xabar berdi.
Xabarda aytilishicha mamlakatda kuzatilgan kuchli shamol oqibatida 160 ta binoga shikast etgan va 1 nafar fuqaro halok bo`lgan. Shamolning tezligi 20-30 metr\soniya bo`lgani, tungi soatlarda havo harorati 8 darajagacha tushib ketgani aytilmoqda.
Akmala, Kostanay, Shimoliy Qozog`iston viloyatlarining 22 tumanida kuchli shamol natijasida aholi turar-joylari zarar ko`rgan.
Respublika IIV Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi vakilining axborotiga ko`ra Akmola viloyati ma`muriy markazi hisoblangan Kokshetau shahrida besh qavatli binoning tomi uchib ketgan. Jarohatlanganlar va qurbonlar yo`q.
Mutaxassislarning aniqlashicha, shamolning tezligi 28 metr/soniyaga teng bo`lgan.
"Tabiiy ofat tufayli 700 kvadrat metr joyning tomi qo`porilib ketdi. Xayriyatki, hech kim jabr ko`rmadi. Mahalliy ijro organlari va viloyat FV departamenti sa`y-harakatlari bilan binoni ta`mirlash ishlari boshlandi", - deyiladi xabarda.
Mas`ul xodimlar ob-havoning o`zgarishini kuzatib borish, xususan kuchli shamol esishiga tayyor turish zarurligini ta`kidlashgan.
Qozog`istonda sodir bo`lgan kabi kuchli shamol bizning hududlarga ham etib kelishi ehtimoli mavjud.