AsosiySiyosat

Hokimlar har bir bolaga o‘z farzandidek qarashi kerak – Shavkat Mirziyoyev

"Bu ishlar "kampaniyabozlik“ bo‘lmasligi zarur", "ana shunda Yangi O‘zbekistonda uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi",– Davlat rahbari.

'Hokimlar har bir bolaga o‘z farzandidek qarashi kerak – Shavkat Mirziyoyev'ning rasmi

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda viloyat, tuman hokimlari har bir bolaga o‘z farzandidek qarab, sog‘ligi, o‘qishi, yurish-turishi, qiziqish va orzulari, muammolaridan doim xabardor bo‘lishi zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Shavkat Mirziyoyev hokimlar yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yib, maktab, oliygoh, o‘quv va kasb markazlari, tadbirkorlarni boshini qovushtirib, yoshlarga ko‘maklashadigan tizim qilsa, albatta, natija bo‘lishini ta’kidladi.

"Bu ishlar „kampaniyabozlik“ bo‘lmasligi, o‘zgarishlarni har bir mahalladagi har bir yosh har kuni chuqur his qilishi zarur. Ana shunda Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir so‘z bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi!" — dedi u.

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin o‘quv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. So‘nggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berilgan.

Prezident ushbu markazlarga murojaat qilib, hozirgi ko‘rsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarni ko‘paytirishga chaqirdi, buning uchun har qanday sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi.

Davlat rahbari shu uchrashuvda yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi. "Mahalladagi tinchlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, sog‘lom muhit kimga bog‘liq? Avvalo, sizlarga bog‘liq. Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak", — dedi u.

    Boshqa yangiliklar