“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Evropa yo`nalishida maxsus tariflarining amal qilishi muddatini uzaytirdi.
Aviakompaniyaning rasmiy saytida berilgan ma`lumotlarga ko`ra, maxsus tariflar Toshkentdan Rimga/Milanga uchadigan va qaytadigan qatnovlariga 2015 yil 21 apreldan 2015 yil 31 oktyabrga qadar, Frankfurtga parvoz qiladigan qatnovlariga 1 iyundan 31 iyulga qadar, Londonga qatnaydigan qatnovlariga 23 apreldan 30 iyunga qadar uzaytirildi.
London-Toshkent yo`nalishida qatnaydigan qatnovlarga nisbatan reklama tarifi tadbiq etilmaydi.
Maxsus tariflar bo`yicha joylar soni cheklangan.





