AsosiyJamiyat

9-12 aprel kunlari yana havo o`zgarishini nazarda tutib, Qishloq xo`jaligi vazirligi ogohlikka chaqirdi

'9-12 aprel kunlari yana havo o`zgarishini nazarda tutib, Qishloq xo`jaligi vazirligi ogohlikka chaqirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 9-12 aprel kunlari ob-havo 1-darajagacha sovuq bo`lishi hamda ayrim tuman va hududlarda yomg`ir qorga aylanishi kutilmoqda..

Qishloq xo`jaligi vazirligi ob-havodagi ushbu o`zgarishlar salbiy ta`sirining oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarni beradi:

- bog`-tokzorlarning qator oralaridan sug`orish ariqlari olinib, iloji boricha kam miqdorda suv oqiziladi, qator oralariga go`ng aralash xashak, paxol, shox-shabbalar uyumlarini to`plab, ular tutatiladi. Buning uchun bog` va tokzorlarga bir tekisda eni 1,25-1,5 m balandligi 0,5-0,75 m dan to`p-to`p qilib uyib qo`yiladi.

- daraxtlarning yoshi va qalin siyrakligiga qarab har bir gektarda 100-200 ta uyum hosil qilish kerak. Tutun bog` ichiga yaxshi yoyilishi uchun uyumlar bog`ning shamol esadigan tomoniga qo`yiladi, havo xarorati kuzatilib boriladi.

- havo ochiq bo`lib, harorat +1 Sga tushishi bilan uyumlar tutatiladi. Bunda uyumlarning alangalanmay, tutab yonishiga alohida ahamiyat berish lozim. Sovuq takrorlanishini hisobga olib, uyumlar oralatib tutatiladi. Sovuq bo`lmasa uyumlar o`g`it sifatida foydalaniladi.

Shuningdek, mavjud tutzor va tut daraxtlarini bargini asrab qolish maqsadida atrofiga mahalliy go`ng yoki qurigan xas-xazonlarni to`plab tutatish va qondirib sug`orishni tashkil etiladi.

Ertaki muddatlarda ekilgan kartoshka nihollari erdan unib chiqqan bo`lsa, sharoitga qarab, egat ustini polietilen plyonka bilan yopish yoki yopishning iloji bo`lmagan maydonlarda kechki suv qo`yishni tashkil qilinadi va maydonning atrofini go`ng aralash xashak, paxol, shox-shabbalar uyumlarini to`plab, ular tutatiladi.

Isitilmaydigan ko`chatxonalarda etishtirilayotgan sabzavot va poliz ekinlari ko`chatlarini sovuqdan asrashning muhim tadbiri dugalar o`rnatib, ustini polietilen plyonkasi bilan yopiladi, vaqtinchalik isitish moslamalaridan foydalanish xamda atrofini go`ng aralash xashak, paxol, shox-shabbalar uyumlarini to`plab, ular tutatiladi.

Issiqsevar sabzavot ekinlaridan pomidor, shirin qalampir, baqlajon ko`chatlarini va bodring, poliz ekinlarini urug`larini ekishni vaqtinchalik to`xtatib turish zarur. Agar pomidor, shirin qalampir, baqlajon ko`chatlari ekilgan bo`lsa kechki suv qo`yishni tashkil qilinadi va maydonning atrofini go`ng aralash xashak, paxol, shox-shabbalar uyumlarini to`plab, ular tutatiladi.

Har bir dalada havo harorati kuzatilib, harorat +1 Sga tushishi bilan uyumlar tutatiladi.

Sovuqqa chidamli sabzi, piyoz, sarimsoq, osh lavlagi, karam, ko`kat sabzavotlar kabi ekinlarga sovuq -2-3 S sezilarli ta`sir etmaydi.

Boshqa yangiliklar