AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga chalingani aniqlangan ilk bemor va uning 14 nafar oila a`zosi o`z uylariga yo`l oldi

'O`zbekistonda koronavirusga chalingani aniqlangan ilk bemor  va uning 14 nafar oila a`zosi o`z uylariga yo`l oldi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirusga chalingani 15 mart kuni aniqlangani ilk bemor — oliy toifali shifokor Nigora Murodova kasallikdan sog`ayib, 9 aprel kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan reabilitasiyaga o`tkazildi. U kasalxonadan chiqarkan, «O`zbekiston 24» telekanaliga intervyu bergan.

Nigora Murodova:

— Yurtboshimizga, ular ko`rsatgan g`amxo`rliklariga, shunday oqil va odilona siyosatlari tufayli har bir bemorga mehr bilan ko`rsatilgan davo bizni sog`aytirdi. Bugun oilam bilan, biz 14 kishi, tuzalib chiqib ketyapmiz.

Biz uchun jon kuydirgan har bir tibbiyot xodimiga bugun minnatdorchilik bildiraman. Bugun men o`zbekligimdan, O`zbekiston fuqarosi ekanligimdan juda ham xursandman. Chunki O`zbekistonda birinchi simptomlar aniqlanishi bilan stasionar karantinga olinib, davolanyapti. 

 

Boshqa yangiliklar